

27 yoshli italiyalik vinger bungacha "Liverpul"ning YCHL qaydnomasida yo'q edi.
UEFA bugun "Liverpul"ning Federiko Kezani o'z safiga qo'shish haqidagi arizasini maqulladi, klub bu borada uzoq muddatli jarohatlarda almashtirishga ruxsat beruvchi yangi qoidalardan foydalangan.
Shu orqali Keza "Sautgempton"ga qarshi o'yinda xochsimon paylarining yorilishi natijasida uzoq muddatga safdan chiqqan Jovanni Leonining o'rnini egalladi.
Keza "Liverpul"ning 30 sentyabr kungi "Galatasaroy"ga qarshi o'yinida ishtirok etishi mumkin.



