Yuriy Lukin: “Shogirdlarim yomon harakat qilishmadi”

Narzulla Saydullayev
26 okt 2014, 07:43
"Nasaf" - "Qizilqum" (2:0) o'yinidan keyin “Qizilqum” ustozi Yuriy Lukin o'z fikrlarini bildirdi.
- Uchrashuvda ikkinchi gol kiritilguniga qadar o'yin ancha shiddatli kechdi. Gevorkyanni golidan keyin barcha masala hal bo'ldi deyarli. Umuman olganda shogirdlarim yomon harakat qilishmadi. Barchasi jon-jahdi bilan harakat qildi. Faqatgina oldinga chiziqdagi harakatlarimizda ozgina aniqlik yetishmadi. Yigitlarim qo'llaridan kelgan barcha ishni qilishdi. Ammo shu kuni g'alaba qozonish mezbonlarga nasib etdi, -dedi Yuriy Pavlovich.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz