Yaya Ture PSJga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
Aziz Tukhtamuradov
5 apr 2016, 20:00
Manchester Siti futbolchisi Yaya Ture YCHL chorak finalining PSJga qarshi bo'lib o'tadigan dastlabki o'yinida maydonga tusha olmasligi mumkin, deya ma'lum qilmoqda L`Equipe.
Ma'lum bo'lishicha, ivuarlik futbolchining tizzasidan olgan jarohati hali tuzalmagan.
Bundan tashqari, Vensan Kompani va Raxim Sterlinglar "shaharliklar"ga bu o'yinda yordam bera olmaydilar.