

"Agueroning tovonida muammolar bor. U o'yinlarga 100 foiz tayyor emas. Serxio "Nyukasl"ga qarshi o'yinda olgan jarohatidan to'liqligicha forig' bo'lmagandi. Shu boisdan u bilan 60 daqiqani kelishib olgandik. Asosiysi u kerakli vaqtda gol urishni uddaladi.
Bu muammoni bartaraf etish uchun vaqt kerak. Milliy termalarning o'yinigacha 2 bahsimiz bor. Umid qilamanki, Aguero ushbu uchrashuvlarda qatnashadi. Ammo bu ham so'roq ostida. Chunki u davolanishi kerak", - dedi Gvardiola.



