Xames Rodrigesning "Real"dagi kelajagini Zidan hal qiladi

Tolibjon Qosimov
5 iyun 2017, 20:36
"Real" prezidenti Florentino Peres kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodrigesning faoliyati borasidagi savollarga bosh murabbiy Zinedin Zidan javob berishini aytib o'tdi.

"Men Zidan bilan Xames borasida gaplashaman, chunki jamoani u boshqaradi. Agar men hal qilganimda hammani qoldirgan bo'lardim. Ha, Xames - zo'r futbolchi. Lekin, jamoada bunday o'yinchilar ko'p bo'lganda qaror qabul qilish kerak. Uning klubdagi kelajagini Zidan hal qiladi", - dedi Peres.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ESPN