Xames Rodrigesning yangi jamoasi e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
6 fev 2026
"Real" va "Bavariya" kabi jamoalarning sobiq futbolchisi Xames Rodriges faoliyatini MLSda davom ettiradi.

34 yoshli kolumbiyalik "Minnesota Yunayted" bilan 2026 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Kelishuvda uni yana yarim yilga uzaytirish imkoniyati bo'ladi.

Xamesning so'nggi jamoasi Meksikaning "Leon"i bo'lgandi. Bunga qadar u "Portu", "Monako", "Everton" kabi jamoalarda ham harakat qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: mnufc.com