

Bir necha kun oldin "Minnesota Yunayted"ni tark etib, erkin agentga aylangan 35 yoshli kolumbiyalikka "Lacio" va bir nechta Meksika klublari qiziqish bildirmoqda.
Xames fevral oyidan beri Amerika klubida o'ynamoqda. U MLSda 6 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Xames 2026 yilgi Jahon chempionatida beshta o'yinda ishtirok etdi.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 1,5 million evroga baholamoqda.



