"Vodiy futboli": "Neftchi" 450-g'alaba, "Andijon" 650-o'yin arafasida

Narzulla Saydullayev
18 sen 2015, 12:30
Vodiy klublari oliy liganing 22-turiga tayyorlanishmoqda.

"Neftchi": 450-g'alabaga bir qadam qoldi

Farg'onaning "Neftchi" klubi oliy liganing 22-turida O'zbekiston kubogi finaliga chiqqan "Bunyodkor" klubini qabul qiladi.

Uchrashuv 20 sentyabr kuni soat 18:00da boshlanadi. Yoshlar esa bir kun oldin 16:30da maydonga tushishadi.

1992 yildan buyon oliy ligada muntazam ravishda ishtirok etib kelayotgan "Neftchi" klubining g'alabalari soni bugungi kunda 449tani tashkil qilmoqda. Navbatdagi g'alaba farg'onaliklar uchun yubiley 450-g'alaba bo'ladi.


"Andijon": G'uzorda 650-o'yinni o'tkazamiz

"Andijon" klubi oliy liganing 22-turini safarda "Sho'rtan"ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 19 sentyabr kuni soat 17:00da boshlanadi. Yoshlar ligasi doirasidagi bahs esa 16:00da start oladi.

"Andijon" jamoasi 19 sentyabr kuni oliy ligada o'zining yubiley 650-uchrashuvini o'tkazadi. Hozirga qadar jamoa 217ta g'alaba, 127ta durang va 305ta mag'lubiyat qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia