"Vodiy futboli": 29-turda umuman g'alaba yo'q

Narzulla Saydullayev
5 noya 2015
Vodiy klublari 29-tur o'yinlarida bironta g'alabaga erisha olishmadi.

"Navbahor": G'uzorda mag'lub bo'ldik

Oliy liganing 29-turida Namanganning "Navbahor" klubi G'uzorda "Sho'rtan" klubi mehmoni bo'ldi. Uchrashuvda "lochinlar" 1:3 hisobida yutqazib qo'yishdi. "Navbahor" hisobidagi yagona golni Dilshod Jabborov urdi.

Jamoa 37 ochko bilan musobaqa jadvalining 7-pog'onasida bormoqda. So'nggi turni "Navbahor" o'z maydonida "Lokomotiv" klubiga qarshi o'tkazadi.


"Neftchi": "Buxoro"ga yutqazib qo'ydik

Farg'onaning "Neftchi" klubi bugun Buxoro mehmoni bo'lib 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. "Neftchi" tarkibida yagona golni Umid Qodirov urdi.

Farg'onaliklar 49 ochko bilan beshinchi o'rinda borishmoqda. Jamoa mavsumni shu o'rinda tugatishi aniq bo'ldi.

Oxirgi turda "Neftchi" o'z uyida "Qizilqum"ga qarshi o'tkazadi.


"Qo'qon-1912": O'z maydonimizdagi oxirgi o'yinda yutqazdik

Oliy liganing 29-turida "Qo'qon-1912" o'z uyida "So'g'diyona"ni qabul qildi. O'yinda mehmonlar 3:1 hisobida zafar quchishdi. Qo'qonliklar safida yagona golni Otabek Haydarov Jizzax klubi darvozasiga urdi.

30-turni "Qo'qon-1912" Toshkentda "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazadi.


"Andijon": Oliy ligada qoldik

Sergey Kovshov boshchiligidagi "Andijon" klubi bugun o'z maydonida "Dinamo"ni qabul qildi. O'yinda 1:1 hisobi qayd etildi. "Burgutlar" safida Farhod Bekmurodov to'p kiritdi.

O'z ochkolarini 28taga etkazib olgan "Andijon" 13-o'rinni saqlab qoldi va oliy ligada qolish vazifasini bajardi.

Oxirgi turni "burgutlar" Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia