Vitaliy Denisov O'zbekiston terma jamoasi safida 50-o'yinda maydonga tushdi

Aziz Tukhtamuradov
25 dek 2014, 22:07
Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O'zbekiston terma jamoasi Iroq terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.
Ushbu o'yin 27 yoshli himoyachi uchun milliy terma jamoa libosidagi yubiley - 50 o'yin hisoblanadi.

"Lokomotiv" futbolchisi terma jamoa safida raqiblar darvozasiga bitta to'p kiritishga muvaffaq bo'lgan.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia