Villianning transferi Rossiya uchun rekord miqdorda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
25 avg 2013, 22:08
Anji yarim himoyachisi Villian uchun Chelsi taxminan 30 million funt (34,8 million evro) to'laydi.
Bu transfer Rossiya premer ligasi uchun rekord bo'ladi. Bunga qadar rekord SSKA hujumchisi Joning Manchester Sitiga o'tishida qayd etilgandi. O'shanda Angliya klubi futbolchi uchun 24 million evro to'lagandi.

Rossiyadan Yevropaga bo'lgan eng qimmat transferlar:

1. Villian (Anji → Chelsi, 2013) - 34,8 million evro
2. Jo (SSKA → Manchester Siti, 2009) - 24 million evro
3. Yuriy Jirkov (SSKA → Chelsi, 2009) - 21 million evro
4. Roman Pavlyuchenko (Spartak → Tottenxem, 2008) - 17,4 million evro
5. Andrey Arshavin (Zenit → Arsenal, 2009) - 16,5 million evro

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru