

Fransiyaning PSJ klubi Neymarga parijliklar bilan mexnat shartnomasi tuzishga rozilik berganining o'zi uchun 50 million evro berishga tayyor. Bu haqda Angliyaning "Daily Mail" nashri xabar berdi. Manbaning ma'lum qilishicha, Neymar va uning agenti shu va boshqa moliyaviy jihatlar haqida biladi. PSJ braziliyalikka juda katta maosh bilan 5 yillik shartnoma taklif qilayapti.
Hozir forvardning huquqi "Barselona"ga tegishli. Mish-mishlarga qaraganda, Neymar Messining soyasidan chiqib, Yevropa top-klubida asosiy yulduz bo'lmoqchi.



