

"Bajarildi. Bugun qiyin bo'ldi. Yana bir bor darvozani "quruq" saqlash juda muhim edi.
Belgiyaliklar bizdan o'tib ketishi uchun nazariy imkoniyat bor edi, ammo uchta gol o'tkazib yubormasligimizga ishonchimiz komil edi. Har doim yaxshilanadigan narsa bor.
Dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilari de Bryuyne va Azarga ega, FIFA reytingida 2-o'rinni egallab turgan jamoaga qarshi o'ynash oson ish emas. Lekin yakunda biz g'alaba qozondik va bundan juda xursandmiz", – dedi niderlandiyalik himoyachi.



