Tuxel "Bavariya"ga rad javobini berdi, unda boshqa variant bor

Aslanov Jasurbek
25 mar 2018, 16:41
Dortmundning "Borussiya" klubi sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel yozda "Arsenal" ustoziga aylanadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Tuxel 23 mart kuni "Bavariya" rahbariyatida klubda ishlashni istamasligini aytgan. 44 yoshli mutaxassis o'zini Angliyada sinab ko'rmoqchi va "Arsenal" taklifini qabul qildi.

"To'pchilar" ustozi Arsen Vengerning klub bilan shartnomasi 2019 yilda yakuniga etadi, ammo rahbariyat yozda u bilan xayrlashish niyatida. Fransiyalik 1996 yildan beri "Arsenal"da ishlab kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker