"Tottenxem" Keynning narxini 250 million funt etib belgiladi

Alisher
26 sen 2019, 11:07
Londonning "Tottenxem" klubi jamoaning asosiy forvardi va sardori Xarri Keynni sotish niyati yo'q.

Jamoa tarbiyalanuvchisi klubga sovrin yutishni xohlayotganini aytdi.

Agar "shporlar" bu ishni eplay olmasa, futbolchi jamoadan ketishga tayyor.

Bunga javoban londonliklar rahbariyati futbolchiga klub bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar amal qilishini eslatib qo'yishdi va Keynning narxi 250 million funt etib belgilab qo'yildi.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" Keynni turli yillarda "Leyton Orient", "Milluoll", "Norvich" va "Lester" klublariga ijaraga bergan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph