Superliga. Tur futbolchisi - Shohruz Norxonov

Tolibjon Qosimov
5 apr 2021, 14:53
Coca Cola Superligada 4-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Bugun 1-3 aprel kunlari bo'lib o'tgan to'rtinchi tur laureatlari va ramziy terma jamoasini e'tiboringizga havola etyapmiz.

Superliga. Tur murabbiyi - Mirjalol Qosimov

Ortda qolgan 4-turning eng yaxshi futbolchisi deb "So'g'diyona" hujumchisi Shohruz Norxonov topildi. Jizzaxliklar o'z maydonlarida "Surxon"ni qabul qilishdi. Bellashuvda mezbonlar 0:1 hisobida imkoniyatni boy berayotganda Norxonov o'zining ikkita goli bilan jamoasiga ajoyib kambekni taqdim etdi. U har ikkala golida ham haqiqiy hujumchilarga hos tarzda kerakli vaqtda to'g'ri joy topa oldi.

Shu tariqa, o'z dubli bilan jamoasiga g'alaba taqdim etgan Shohruz Norxonov to'rtinchi turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia