Superliga. AGMK o'z uyida "Andijon" bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2019, 20:53
Superliganing 15-turidan o'rin olgan AGMK - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Uchrashuvning 21-daqiqasida Shahzod Ubaydullaevning jarima maydonchasiga kirib yo'llagan zarbasini Suhrob Sultonov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

30-daqiqada Shahzod Ubaydullaevning qaychi usulida yo'llagan zarbasini mezbonlar darvoza chizig'i ustidan qaytarib qolishdi.  

51-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Qahramon Bahodirov mehmonlarni oldinga olib chiqdi - 0:1. 

60-daqiqada Kasmininning bosh bilan yo'llagan zarbasini raqib posboni Matniyozov qaytarib yuborib jamoasini goldan qutqarib qoldi.

65-daqiqada Ro'zimboy Ahmedovning etkazib bergan to'pini Ubaydullaev egallab olib, ikki himoyachi qarshisida turgan bo'lishiga qaramasdan Suhrob Sultonovni osonlik bilan dog'da qoldirdi - 0:2. 

71-daqiqada Zafar Polvonov hisobni qisqartirdi - 1:2. 

81-daqiqada mehmonlar Polvonovga nisbatan jarima maydoni ichida qoida buzishdi va bosh hakam "Andijon" darvozasi tomon penalti belgiladi. Penaltidan Elguja Grigalashvili gol urib hisobni tenglashtirdi - 2:2.



AGMK – “Andijon” 2:2
31 iyul 2019 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 19:00
Hakamlar
: Sherzod Qosimov, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Ahmad Ergashev
Nazoratchi: Artem Aryutunov
Komissar: Akmal Rahmatov

Gollar: Qahramon Bahodirov 51, - 0:1. Shahzod Ubaydullaev 65, - 0:2 (Ro'zimboy Ahmedov). Zafar Polvonov 71, - 1:2. Elguja Grigalashvili 81 penalti, - 2:2.

AGMK - 32.Suhrob Sultonov - 31.Saydullo Rahmatov (15.Jasur Hakimov, 57), 77.Vlasdislav Kasminin, 44.Bobur Yuldoshev, 23.Akmal Shorahmedov - 3.Erkin Baydullaev, 4.Mirjamol Qosimov (17.Murod Toshmatov, 46), 5.Dilshod Jo'raev (30.Jasur Umarov, 46) - 7.Elguja Grigalashvili, 9.Zafar Polvonov, 8.Sanat Shixov.
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 21.G'ulomHaydar G'ulomov, 33.Sardor Rahmonov, 57.Farhod Imomov, 88.Igor Zonich.

"Andijon" - 1.Ruslan Matniyozov - 2.Jalil Kimsanov, 21.Ildar Mamatkazin, 26.Aleksich Radosav, 88.Abror Husinov - 8.Farhod Bekmurodov, 18.Dilshod Rahmatullaev, 19.Sardorbek Azimov, 23.Abdurahmon Abdulhaqov (25.Qahramon Bahodirov, 50) (7.Oybek Qilichev, 67) - 10.Shahzodbek Ubaydullaev (5.Robbim Hasanov, 74), 22.Ro'zimboy Ahmedov.
Zaxira: 32.Javohir Qilichev, 6.Ibrohim Otaxonov, 27.Usmonali Usmonaliev, 28.Baxtiyorjon Qosimov, 34.Xushnud Avilov, 17.Abdulloh Olimov. 

Ogohlantirishlar: Jalil Kimsanov 76.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia