Suares Benzema uchun "Oltin to'p" haqida: "Ushbu mavsum uchun - ha. Mukofot doim Messida bo'lishi kerak deb hisoblayman. Leo - dunyodagi eng zo'ri, ammo bu uning yili bo'lmadi"

Alisher
24 may 2022, 17:07
Luis Suares Karim Benzema "Oltin to'p"ni olishi kerak deb hisoblaydi.

- Chempionlar Ligasi finalida kimga muxlislik qilasiz?

- Men o'ynagan jamoalarim bo'lmish "Barselona", "Liverpul" va "Atletiko" muxlisiman. Ammo, Benzemaning "Chelsi" darvozasiga urgan ikkinchi golidan so'ng uni maqtadim, sababi uning qilayotgan ishidan hayratda qoldim. Futbol muxlisi sifatida.

- Benzema "Oltin to'p"ni olishi kerakmi?

- Ushbu mavsum uchun - ha. Ammo, men uchun "Oltin to'p" doim Leo Messida bo'lishi kerak, sababi u dunyodagi eng zo'ri. Ammo, bu uning yili bo'lmadi", - deydi "Atletiko" va "Barselona" sobiq forvardi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: cadenaser.com