

Jamoa ikki mahal mashg'ulot olib borib,kunduzgi mashg'ulotda trenajor zalida o'tkazsa, kechgi mashg'ulot “So'g'diyona” qarorgohida o'tkazilmoqda. Jamoani yordamchi murabbiy Diyor Fayziev boshqarmoqda.
Jamoani rasman G'ulom Urunov, Sarvar Karimov, Omon-biik Halilov, Dadajon Mamatqulov, Doston Abduraxmonov, Sunnatilla Mamadaliev, Shoxrux Eshbo'taev,Ulug'bek Xudoyberdievlar tark etdi.
Sardor Qaxxorov, G'ayrat Umirov, Sherzod Jalilov, Shirinboy Abdullaev (Obod) ,Muzaffar Abdullaev (Qo'qon-1912) ,Javlon Guseynov("Chainat Xornbill", Tailand),Umid Qodirov (Neftchi)lar tarkibga kelib qo'shilgan.
Yaqin kunlarda jamoa o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Bu haqida esa keyinroq batafsil ma'lumot beramiz. 

“So'g'diyona” matbuot xizmati



