“So'g'diyona” etti nafar futbolchi bilan xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2018, 20:19
Yangi yil bayrami munosabati bilan murabbiylar shtabi “So'g'diyona”ga qisqa muddatli tatil bergani haqida xabar qilgan edik.

Bugun “So'g'diyona” o'z qarorgohida yig'ildi va mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Aleksandr Mochinov boshchiligidagi jamoa Jizzaxda mashg'ulotlarni davom ettiradi. Tayyorgarlikni keyingi bosqichi rejaga asosan Toshkentda davom ettirilishi rejalashtirilgan. Yig'in davomida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari ham rejalashtirilgan. Ushbu o'yinlarda jamoaga taklif etilgan futbolchilar ham sinovdan o'tkaziladi.

O'tgan mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan futbolchilar Qahramon Bahodirov, Sardor Qaxxorov, Suxrob Qobilov, Alisher Mahmudov, Otabek Valijonov, Javlon Guseynov, Sarvar Jo'raev bilan xayrlashildi. 

Jamoa bilan birga mashg'ulot olib boryotgan futbolchilar haqida tez orada rasmiy manbalarimiz orqali habar beramiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати