Simeonening fikricha, "Atletiko" Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga chiqa oladi

Sherzod Nurmatov
25 noya 2021, 21:11
Hozircha "matraschilar"ga hech narsa kafolatlanmagan.

“Chempionlar ligasida barcha uchrashuvlar qiyin kechadi. Men har qachongidan ham optimistman, chunki biz hali safdamiz va bu muhim. Jamoa so'nggi turda “Portu”ga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatadi. Chempionlar ligasi xatolarni kechirmaydi. Kim bunga loyiq bo'lsa, o'sha pley-offga yo'l oladi", – deya mutaxassisning so'zlarini keltirdi "Marca".

“Atletiko” hozir 4 ochko bilan "B" guruhida 3-o'rinni egallab turibdi. "Matraschilar" o'zlaridan 1 ochko ko'p to'plagan 2-o'rindagi "Portu" ustidan g'alaba qozongan taqdirdagina pley-offga chiqishlari mumkin bo'ladi. Shuningdek, ispaniyaliklarga "Milan"ning "Liverpul"ga qarshi o'yinda ochko yo'qotishi muhim.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca