“Shaxtyor” futbolchisi kelayotgan haftadayoq “MYU”da ko'rikdan o'tishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
3 iyun 2018, 08:54
Ukrainaning “Shaxtyor” klubi yarim himoyachisi Fred Rodriges “Manchester Yunayted”ga o'tishga yaqin turibdi.

Braziliyalik 25 yoshli futbolchi terma jamoasi safida Angliyada bo'lib turibdi. Fred katta ehtimol bilan kelayotgan haftada “MYU”da tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Yarim himoyachining transferi mankunianliklarga 49 million evroga tushadi. Fred yangi jamoasi o'yiniga yaxshi kirishib ketsa, yana qo'shimcha 11 mln evro bonus sifatida Doneck klubiga o'tkazib beriladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif