Rouz: "Mourinyu menga boshqa himoyachilar kabi imkon bermadi"

Tolibjon Qosimov
8 fev 2020, 16:14
Ijara asosida "Nyukasl" safida to'p tepayotgan himoyachi Denni Rouz "shporlar" ustozi Joze Mourinyu unga o'zini ko'rsatish uchun imkon bermaganini aytdi.

Eslatib o'tamiz, Rouzning transfer huquqi "Tottenxem"ga tegishli.

"Menda qolgan himoyachilarda bo'lgani kabi imkon bo'lmaganini his qildim. Aslida men u uchun o'ynashni istagandim. Mourinyu tayinlanganidan bir oy o'tib o'ynamasligimni bildim. Maydonga tushmasligimni bilganimda mashg'ulot o'tkazish qiyin bo'ldi", - deya Rouzning so'zlarini keltirdi "BBC".


Rouz mavsum oxiriga qadar "Nyukasl"da ijara bo'yicha to'p tepadi. Denni 2007 yilning yozidan beri "Tottenxem" o'yinchisi hisoblanadi. Uning "shporlar" bilan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Rouz joriy mavsum "Tottenxem" uchun APLda 12ta va YCHLda 4ta o'yin o'tkazgan hamda o'z hisobiga ikkita golli pas yozib qo'ygan. "Nyukasl" safida esa birinchi o'yinini o'tkazishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bbc.com