"Manchester Siti" va "Tottenxem" Trinkauga qiziqish bildirmoqda

11 iyul 2026, 12:20
"Manchester Siti" va "Tottenxem" "Sporting" hujumchisi Fransishku Trinkauga qiziqish bildirmoqda.

26 yoshli futbolchi "Al Ahli"ga o'tish arafasida edi, biroq Saudiya Arabistoniga o'tish haqida qaror qabul qilishga shoshilmayapti. Trinkau Portugaliya terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatidan chiqib ketganidan so'ng APLning ikkita klubi bilan variantlarni ko'rib chiqmoqchi.

Trinkau 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 54 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "Sporting" bilan shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.

Trinkau avvalroq "Braga”, "Barselona" va "Vulverxempton" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Record