

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:1
Gollar: 60 - Erling Holand
“Manchester Yunayted”: 1. Senne Lammens, 2. Diogu Dalot, 5. Xarri Maguayr, 6. Lisandro Martines, 37. Kobbi Maynu, 18. Yuri Tilemans (30. Benyamin Sheshko, 67’), 8. Brunu Fernandesh, 10. Mateus Kunya, 9. Markus Reshford (11. Joshua Zirkzee, 83’), 13. Patrik Dorgu, 19. Brayan Mbemo.
Zaxira: 12. Karl Darlou, 26. Eyden Xeven, 3. Nussayr Mazraui, 15. Leni Yoro, 17. Andrey Santos, 7. Meyson Maunt, 31. Shi Leysi.
“Manchester Siti”: 1. Janluiji Donnarumma, 3. Ruben Diash, 6. Mark-Izrael Gexi, 24. Yoshko Gvardiol, 27. Mateus Nunesh, 5. Elliot Anderson, 42. Antuan Semeno, 17. Enco Fernandes (33. Niko O'Rayli, 82’), 47. Fil Foden, 9. Erling Holand, 10. Rayan Sherki (7. Iliman Ndiaye, 46’).
Zaxira: 28. Xeronimo Ruli, 22. Vitor Reys, 45. Abduqodir Husanov, 8. Mateo Kovachich, 32. Ayyub Buaddi, 37. Allan, 82. Riko Lyuis.
Ogohlantirishlar: 45+1 - Enco Mareska (maydon chetida, “Man Siti” bosh murabbiyi), 79 - Yoshko Gvardiol, 81 - Enco Fernandes, 81 - Xarri Maguayr
Chetlatish: 23 - Fil Foden
90+6. O'yin yakunlandi! Holand va Moreska juda xursand!
90+5. Mbemo juda qulay vaziyatdan turib darvozaga zarba berdi, ammo Donnarumma ajoyib seyv qilib, jamoasini muqarrar goldan saqladi!
90+4. MYU futbolchilari charchadi, ko'p bora hujum qilishga urindi, ammo “Siti” himoyachilari yo'l qo'ymayapti.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
86. Maguayrning bosh bilan yo'llagan zarbasi xavfli, ammo noaniq bo'ldi.
81. So'nggi dekada o'tib bormoqda, buyog'iga o'yin “yonadi”!
76. Gexi sal qolsa MYU darvozasiga ikkinchi golni urishi mumkin edi…
73. Mbemodan zarba bo'ldi, ammo to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
70. Brununing zarbasidan so'ng to'pni Donnarumma qaytardi!
69. Enconing uzoqdan yo'llagan zarbasini Lammens qaytardi, so'ng darvoza ustuniga tegib qaytdi to'p!
64. Bir kishi ko'p bo'lib o'ynayotgan MYU endi nima qiladi, kuzatamiz!

63. GOL! VAR ko'rib chiqqach, gol inobatga olindi. Gvardiolning uzatmasi vaqtida Dorgu Holanddan oldinroqda ekani ayon bo'ldi.
61. Stop, holat VARda ko'rilmoqda.
60. Holand gol urdi, biroq u offsaydda qolib ketgan ekan…
56. Yana zarba “Siti” darvozasiga, bu safar Kunyadan bo'ldi. Ammo noaniq.
55. Mbemodan zarba ko'rdik, ammo o'ta noaniq ketdi.
52. Endigi zarba Reshforddan, to'p rekoshetga uchrab, maydondan chiqib ketdi.
51. Maynuning uzoqdan tepgan to'pi darvoza ustuniga tegib qaytmoqda… bu ikkinchi marta MYUda…
47. Dalotning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
45. Reshfordning chamasi 28 metrlardan jarima zarbasidan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.
41. MYUning hujumlari ko'proq, ammo xavflilari yo'q. “Siti” esa deyarli hujum qilmay qo'ydi. Bahs asosan maydon markazida kechmoqda.
34. Sherki o'ngdan yurish qilib to'pni markazga uzatdi, biroq bu vaziyatda hech kim yo'q edi “shaharliklar”dan.
27. Sherkining uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p yo'liga MYU futbolchilari to'g'anoq bo'lishdi.
24. Haaa, buyog'iga endi qiziq bo'ldi. “Man Siti” taxminan 70 daqiqa bir kishi kam bo'lib harakat qiladi.

23. Qizil kartochka, Fil Fodenga!!! Brunu Filga nisbatan qo'pollik ishlatdi, so'ng Foden ham Brunuga tegindi va bosh hakamga etiroz bildirdi. Natijada Maykl Over unga qizil kartochka ko'rsatildi.
22. Dalotning xatosidan so'ng Semeno to'pni olib qo'yib, Holandga havolatib uzatdi, ammo Lammens to'pni ushlab oldi.
17. Reshford havolatib uzatilgan to'pni sherigiga uzata olmadi, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
15. Teletranslyatsiyada ko'rsatilishicha, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel kuzatib bormoqda.
11. Kunyaning erlatib bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
3. Encodan ilk zarba, ammo unga Maguayr “blok” qo'ya oldi.
2. Dastlabki daqiqalardan “shaharliklar” faollik ko'rsatmoqda.
1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Angliya Premer-ligasining 4-tur doirasidagi markaziy uchrashuv - "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



