Norvegiya murabbiyi JCH-2026da Angliyadan uchralgan mag'lubiyat sababini aytdi

12 iyul 2026, 09:45
Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken CHM-2026 chorak finalida Angliyadan uchralgan mag'lubiyat (1:2) haqida gapirdi.

"Braziliya bilan o'yinda hamma narsa yaxshi o'tgandi va biz yaxshi futbol ko'rsatgandik. Bugun esa, afsuski, xuddi shu darajadagi o'yinni namoyish eta olmadik. Angliya uchrashuv davomida o'z darajasini oshirib bordi, biz esa sekin reakciya bildirdik. Futbolning tabiati shunday. Menimcha, bu safar qo'limizdan kelgan eng yaxshi harakat mana shu bo'ldi.

Futbolchilar uchun juda afsusdaman. Eng yuqori darajadagi futbol ham ulkan quvonch, ham chuqur hafsalasi pirlik olib keladi. Braziliya bilan bahsda biz g'oliblar tomonida edik, lekin bugun emas. Dastlabki qiyin 20 daqiqadan so'ng, mening jamoam maydonda qahramonlarcha kurashdi. Futbolchilarimga aytadigan yomon gapim yo'q. Ular bajargan ishdan ortig'ini so'ray olmasdim.

Bizga biroz omad yetishmadi, lekin hayot shunaqa. Endi biz biroz dam olishimiz kerak. Biz olti yarim hafta davomida bir oiladek birga bo'ldik. Umidlarni oqlaganimizdan va jahon chempionatida yana bir qadam oldinga tashlaganimizdan faxrlanaman. So'z so'nggida Angliyaga muvaffaqiyatlar tilaymiz", - deya Solbakkenning so'zlarini keltiradi beIN Sports.

O'xshash yangiliklar


Manba: beIN Sports