

Bunday qarorga terma jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizligi sabab bo'ldi. Sietlda bo'lib o'tgan 1/16 final uchrashuvida senegalliklar alamli tarzda Belgiya jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Tiav jamoasi uchrashuv davomida 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi, biroq asosiy vaqt yakunlanishi arafasida raqibga hisobni tenglashtirish imkonini berdi. 120+5-daqiqada esa Senegal terma jamoasi penaltidan hal qiluvchi to'pni o'tkazib yubordi.
Tiavni lavozimidan ozod etish haqidagi qaror FSF ijroiya qo'mitasining yig'ilishida qabul qilindi. Ayni paytda 45 yoshda bo'lgan mutaxassis Senegal terma jamosini 2024 yilning oktyabr oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi.



