Ronaldu va "Yuve" shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirishni muhokama qilishadi. Maosh 20 mln evroga qadar qisqarishi mumkin

Alisher
17 iyul 2021, 17:45
"Yuventus" va forvard Krishtianu Ronaldu yaqin haftalarda shartnomani uzaytirishni muhokama qilishmoqchi.

Tomonlar shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirish borasida muzokaralar olib borishadi.

Ronalduning yangi shartnomasi o'zgarishi mumkin: shartnomaning qolgan yilida portugaliyalik olishi kerak bo'lgan 31 million evro o'rniga 36 yoshli futbolchi yiliga 20 mln evrodan olishni boshlashi mumkin.

Ronaldu o'tgan mavsum A Seriya doirasida 29ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira