Ronaldu jamoadoshlaridan uzr so'ramadi

21 noya 2019, 23:11
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi A Seriya 12-turi doirasidagi "Milan"ga (1:0) qarshi bahsda o'zini yomon tutgani bois jamoadoshlaridan kechirim so'ramadi.

O'sha uchrashuvning ikkinchi bo'limida zahiraga olingan portugaliyalik futbolchi final hushtagi chalinmasidan oldin stadionni tark etgandi. La Gazzetta Dello Sport nashrining xabariga ko'ra, Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari oldida o'sha holatni izohlamagan va ulardan uzr ham so'ramagan. 

Takidlanishicha, "Yuventus"ning boshqa futbolchilari bu masalaga e'tibor qaratmoqchi emaslar.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta Dello Sport