Ronaldu: "Havotirga o'rin yo'q - "Yuventus" eng zo'r jamoa"

4 fev 2019, 17:48
Krishtianu Ronaldu "Yuventus"da hammasi joyida ekanligini ta'kidlab o'tdi.

"Bu futbol. Men urayotgan gollarim uchun xursandman. Ammo ikki o'yin natijasi meni ranjitdi. "Parma" bizni xatoimizni kutdi. Uchrashuv so'nggiga yaqin biz chuqur himoyalandik. Muvaffaqiyatsizliklarni jamoaning jismoniy holati yoki tayyorgarlik jarayoniga bog'lamagan bo'lardim. Bu shunchaki futbol. "Yuventus" eng kuchli jamoa bo'lgani uchun barcha bizni chuqur o'rganib chiqadi. Hamma bizdan ochko olish maqsadida to'liq o'rganib, tahlil qilib chiqadi. Ammo "Yuventus" xotirjamlikni yo'qotmaydi. Havotirga o'rin yo'q. Biz o'zimizga, kuchimizga, imkoniyatlarimiz, murabbiylar shtabi va klub xodimlariga to'liq ishonamiz", - deya o'z fikrlarini bildirdi Ronaldu.


Eslatib o'tamiz, "Yuventus" o'tgan hafta Italiya Kubogi chorak finalida "Atalanta"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi va kubokdan chiqib ketdi. A Seriya doirasidagi o'yinda esa "Parma" bilan gollarga boy kechgan bahsda durangga imzo chekdi.

"Yuventus"ga nima bo'ldi?

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia