

"Jorje Jezush? Hozir terma jamoaga keyingi bo'lib kim kelishi haqida gapiradigan vaqt emas. Bu qarorni men qabul qilmayman. Uni Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti qabul qiladi. Hozir Martinesning o'rniga kim kelishi mavzusida gapiradigan vaqt emas", - deya Ronalduning so'zlarini keltiradi Record nashri.
Yakunlangan mavsum natijalariga ko'ra, Ronaldu va Jezush "Al Nascr" bilan Saudiya Arabistoni chempioni bo'lishgandi.
Eslatib o'tamiz, Roberto Martines Jahon chempionati-2026 1/8 finalida Ispaniyadan uchralgan mag'lubiyatdan (0:1) so'ng Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ketishini e'lon qildi.



