

Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, 40 yoshli posbon Portugaliyaning "Shavish" klubidan ketganidan so'ng erkin agent maqomida bo'lib turibdi. Yoshiga qaramay, Vozinya jahon chempionatidagi ishonchli o'yini bilan e'tiborni tortdi va u yerda Kabo-Verde terma jamoasining sensacion ishtiroki bosh qahramonlaridan biriga aylandi. Mayami klubi tajribali darvozabonni yaqin orada o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqayotgani aytilmoqda.
Joriy jahon chempionatida Vozinya o'z jamoasiga tarixda ilk bor turnirning pley-off bosqichiga chiqishga yordam berdi. 1/16 final uchrashuvida Kabo-Verde Argentinaga imkoniyatni boy berdi, biroq darvozabonning o'zi jamoani bir necha bor muqarrar gollardan qutqarib qoldi va Lionel Messi hamda uning sheriklariga qarshi o'yinda katta sensatsiya qayd etilishiga sal qoldi.



