"Roma" va Zanolo yangi shartnomadagi maosh borasida kelisha olishmayapti

Alisher
11 sen 2022, 14:44
"Roma" yarim himoyachi Nikolo Zanolo bilan yangi shartnoma shartlari borasida kelisha olmayapti.

O'yinchini bitimning moliyaviy tafsilotlari qoniqtirmayapti.

Futbolchi rimliklar taklif qilayotgan yiliga 3,5 million evrolik maoshdan norozi. Zanolo ko'proq olmoqchi.

Xavbekning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 23 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriyada 2ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football-Italia