Robbenga 3 jamoadan taklif bor

Mirjalol Normatov
2 mar 2018, 14:38
"Bavariya" yarim himoyachisi Aren Robben faoliyatini boshqa qita jamoasida davom ettirishi mumkin.

Sportbuzzer xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchining xizmatlariga AQSH, Xitoy hamda Qatar jamoalaridan qiziqishlar bo'lmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, gollandiyalik futbolchi jamoani tark etishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Robben "Bavariya" tarkibida 2009 yildan beri harakat qilmoqda. U shu vaqtga qadar myunxenliklar uchun 207 o'yinda qatnashdi va 102 to'p kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: readfootball.com