MYU istedodi atrofida ajiotaj: 12 ta klub u uchun saf tortdi

Sherzod Nurmatov
15 dek 2025, 15:18
"Manchester Yunayted" umidli yarim himoyachisi Kobbi Maynu "Old Trafford"da barqaror o'yin amaliyoti yetishmasligi sabab transfer mish-mishlarining faol ishtirokchisiga aylandi.

Yevropaning yirik klublari, jumladan, "Chelsi" ham uning vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

"Caught Offside" ma'lumotlariga ko'ra, Maynu ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish va 2026 yilgi Jahon chempionatida Angliya terma jamoasiga chaqirilish imkoniyatlarini oshirish maqsadida jamoasini o'zgartirishni istamoqda. U rivojlanishini tezlashtirish uchun yangi chaqiriqlar izlamoqda.

Qayd etilishicha, futbolchi uchun kurashda "Chelsi" va "Bavariya" yetakchilik qilmoqda, bu kurashda 12 tagacha klub ishtirok etmoqda. Biroq futbolchining shaxsiy ustuvorliklar ro'yxatida "Napoli" hanuz favorit bo'lib qolmoqda.

Maynu o'zining keyingi qadamini rejalashtirar ekan, doimiy ravishda asosiy tarkibda maydonga tushish kafolatlangan jamoani tanlashni birinchi o'ringa qo'ymoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside