"Chelsi" 55 mln evrolik transferni amalga oshirmoqda

28 iyun 2026, 11:34
"Kristal Pelas" himoyachisi Maksans Lakrua jahon chempionatidan so'ng jamoani tark etadi va 55 million evro evaziga "Chelsi"ga o'tadi.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari markaziy himoyachining transferi bo'yicha muzokaralar rivojlanayotgani haqida xabar bergan edi.

Lakrua o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 55 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.

Ayni paytda Lakrua Fransiya terma jamoasi tarkibida JCH-2026da ishtirok etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: L'Equipe