"Real" LaLiga chempioni bo'lolmasa Anchelotti ishdan ketadi

Mirjalol Normatov
28 mar 2022, 23:13
"Real" rahbariyati holatning o'zgarishiga qarab Karlo Anchelotti borasidagi qarorni o'ylaydi.

"AS" xabariga ko'ra, agarda mavsum juda yomon yakunlansagina klub rahbariyati 62 yoshli mutaxassisning iste'fosi haqida bosh qotiradi. "Real"ning YCHLdan chiqib ketishi iste'foga ta’sir qilmasligi mumkin, ammo Anchelottini ushbu mavsum LaLiga sovrini qutqarib qola olishi kutilmoqda.

"Real"dagilar "Barselona"ga mag'lubiyatidan keyin jamoaning potencialiga pastroq baho berishni boshlagan. Endi rahbariyat Anchelotti oldiga barqarorlikning qaytishini maqsad qilib qo'yishgan.

2014/15 yilgi mavsumda Anchelotti qo'l ostida "Real" mavsumni yaxshi o'tkazayotgandi, ammo "Valensiya"dan (1:2) uchralgan mag'lubiyatdan keyin "qirollik klubi"da muammolar boshlangandi. Yakunda "Barselona" 4 ochkolik farq bilan chempionlikni qo'lga kiritgandi. Anchelotti esa mavsum yakunidan keyin iste'foga chiqarilgan.

Ayni damda "Real" LaLiga turnir jadvalida "Sevilya"ni 9 ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS