"Real" dunyodagi eng qimmat transferni amalga oshirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2018, 18:10
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

Unga "Real" qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "ko'klar" belgiyalik futbolchini 226 mln. evroga sotishga tayyor. Agar "Qirollik klubi" Azarni shu narxda sotib olsa, bu dunyo futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi.

Ayni damda jahonning eng katta xaridi PSJga tegishli. Ular 2017 yilning yozida Neymarni "Barselona"dan 222 mln. evro evaziga sotib olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Times