Rasmiy xabar: Andrey Mishchenko AGMK bilan bir yillik shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2022, 12:27
AGMK selekciya ishlaridagi amalga oshirgan transferlarini e'lon qilishni davom ettiradi.

Faoliyatini Ukrainada Gornik Sport jamoasida boshlagan, Stal, Sevastopol, Olimpik (Doneck), Isroilning Makkabi va Xapoel jamoalarida o'ynagan, shuningdek, Ukrainaning nomdor Chernomorec sharafini himoya qilgan, Rossiyada SKA-Xabarovsk hamda Qozog'istonda Okjetpes va o'tgan mavsum Tojikiston chempioni Istiqlol jamoasida o'ynab, 2022 yildan erkin agentga aylangan markaziy himoyachi - Andrey Mishchenko AGMK futbol klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

Mishchenko 1991 yil, 7 aprel kuni Ukrainaning Poltavskaya viloyatida tavallud topgan. Futbolchi faoliyati davomida klub tizimida jami 150 o'yin o'tkazgan va raqiblar darvozasiga 5ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Endilikda AGMK ahil oilasining a'zosiga aylangan Andrey Mishchenkoga faoliyatidagi yangi chaqiruv omadli va muvaffaqiyatli bo'lishini tilab, Olmaliqqa xush kelibsan, Andrey deya futbolchini jamoamizga iliq qabul qilamiz!", - deb yozadi AGMK matbuot xizmati.

Eshitdik-da! AGMKga ukrainalik himoyachi kelmoqda        


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia