Rasman: Paulo Fonseka - "Roma" bosh murabbiyi

Alisher
11 iyun 2019, 13:57
"Shaxtyor" sobiq bosh murabbiyi Paulo Fonseka "Roma"ni qabul qilib oldi.

46 yoshli mutaxassis klub bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu muddat yana 1 yilga uzaytirilishi mumkin.

"Men "Roma" bosh murabbiyligiga tayinlanganimdan xursandman. Klub menga bu imkoniyatni taqdim etgani uchun rahmat aytaman. Men hayajonlanyapman, ammo bizni kutib turgan qiyinchiliklar tufayli ishimga g'ayrat bilan yondashaman. Rimga ko'chib o'tishni, muxlislar bilan ko'rishishni va ish boshlashni intizorlik bilan kutyapman. O'ylaymanki, biz birgalikda ajoyib ishlar qila olamiz", - deydi portugaliyalik murabbiy.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: asroma.com