Paulu Fonseka: "Smollingni "Roma"ga qaytarish kerak"

Mirjalol Normatov
20 sen 2020
"Roma" bosh murabbiyi Paulo Fonseka jamoaning himoya chizig'i haqida gapirdi.

"Menga Kris Smolling kerak. Bizda atigi 3 nafar markaziy himoyachi bor, uni jamoaga qaytarish juda muhim. Kris biz bilan qolishini istayman", - dedi Fonseka.

30 yoshli Smolling o'tgan mavsumda "Roma" tarkibida ijarada o'ynadi. Rimliklar hozircha futbolchini sotib olish borasida MYU bilan kelisha olmayapti.

O'tgan mavsumda Smolling rimliklar safida 30 o'yinda 3 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal