Paulo Fonseka "Nyukasl" bilan uch yillik shartnoma imzolamoqchi

Alisher
22 okt 2021, 07:53
"Nyukasl" "Roma" sobiq bosh murabbiyi Paulo Fonseka bilan muzokaralar olib bormoqda.

48 yoshli mutaxassis Angliya chempionatida ishlashga tayyor va 3 yillik shartnoma imzolamoqchi.

"Nyukasl" 20 oktyabr kuni Stiv Byursning jamoa bosh murabbiyligidan ketganini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, klub Angliya chempionatida 8 turdan so'ng 3 ochko jamg'argan holda, 19-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira