Rasman: "Lokomotiv" Fyodor Smolovni sotib oldi va "Instagram"da antiqa taqdimot qildi

9 avg 2018, 15:31
Rossiyaning amaldagi chempioni "Lokomotiv" o'z tarkibiga "Krasnodar" hujumchisi Fyodor Smolovni qo'shib olganini rasman e'lon qildi.

"Lokomotiv" Fyodor Smolov bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Rossiya terma jamoasi hujumchisi "Loko"da yiliga 3,1 million evro maosh oladi. Uning transferi "temiryo'lchilar"ga 9 million evroga tushgani yozilmoqda.

"Lokomotiv" klubi Fyodor Smolov transferini o'zining "Instagram"dagi sahifasida antiqa taqdimot qildi. Ijtimoiy tarmoqda "Lokomotiv" klubi matbuot xizmati futbolchini "Prostokvashinodagi tatil" multfilmidagi "Fyodor amaki" keldilar lavhasidan parcha qo'ygan holda Smolov transferini e'lon qildi.



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia