"Selta" Smolovni xarid qilishi mumkin

Alisher
10 iyun 2020, 17:23
Hujumchi Fyodor Smolov to'laqonli "Selta" o'yinchisiga aylanishi mumkin.

Ispan klubi "Lokomotiv" bilan 30 yoshli forvardning to'laqonli transferi ustida muzokaralar olib bormoqda. "Loko" futbolchi uchun 8 million evro talab qilmoqda, ispan klubi esa bonuslardan tashqari 6,5 million evro taklif qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, qishda "Selta" Smolovni Moskvaning "Lokomotiv" klubidan mavsum so'nggiga qadar ijaraga olgandi.

Rossiyalik futbolchi La Liga doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

Ana xolos. "Selta" Smolovdan oldin Shomurodov bo'yicha aloqaga chiqqan ekan

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com