Ana xolos. "Selta" Smolovdan oldin Shomurodov bo'yicha aloqaga chiqqan ekan

Alisher
5 mar 2020, 18:10
Yakunda Shomurodovning o'rniga Vigoga Smolov yo'l oldi.

Agent Tkachenko Ispaniyaning "Selta" klubiga Fyodor Smolovning transferi bo'lgani bilan bog'liq juda qiziqarli ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdi.

Ma'lum bo'lishicha, "Selta" dastlab "Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgan.

"Selta" bizga Shomurodov borasida murojaat bilan chiqdi, ammo biz bu narsa imkonsiz ekanligini aytdik va ularga Smolovni taklif qildik. Hammasi o'xshadi", - deydi Tkachenko.

Eslatib o'tamiz, Shomurodov, Masharipov, Ahmedov va Smolov aynan Tkachenkoning agentligi, yani ProSportsManagement bilan hamkorlik qiladi.

Masharipov ProSportsManagement agentligi bilan shartnoma tuzdi 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Профессия - футбол