"Fenerbaxche" Smolovni 4 millionga xarid qilish huquqi bilan 1 mln evroga ijaraga oladi

Alisher
18 avg 2020, 14:10
"Lokomotiv" hujumchisi Fyodor Smolov Turkiyaga yo'l olishga yaqin.

"Fenerbaxche" "Loko" bilan 30 yoshli rossiyalik futbolchining bitim shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi.

Turk klubi Smolovni 4 millionga xarid qilish huquqi bilan 1 mln evroga ijaraga oladi. Smolov Turkiyada bonuslarni hisobga olmagan holda, 1,5 million evro maosh olishi aniq.

Smolov mavsumni "Selta"da ijara asosida o'tkazdi va La Liga diorasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi. Ispan klubi yakunda o'yinchini sotib olmaslikka qaror qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Takvim