Rasman! Kolo Ture “Seltik” a'zosiga aylandi

Aslanov Jasurbek
24 iyul 2016, 23:30
“Arsenal”, “Manchester Siti” va “Liverpul” jamoalarining sobiq himoyachisi Kolo Ture rasman Shotlandiyaning “Seltik” klubi a'zosiga aylandi.


35 yoshli kot-d'ivuarlik himoyachi jamoa bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi. Tureni “Seltik” a'zosiga aylanishida bosh murabbiy Brendan Rojersning roli katta bo'ldi. Sababi, shimoliy irlandiyalik mutaxassis “Liverpul”ni boshqarganida Ture aynan uning qo'li ostida to'p surgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com