

Iyul oyida "shaharliklar" matbuot xizmati 44 yoshli Kolo Turening jamoada yordamchi murabbiy sifatida ish boshlaganini ma'lum qilgandi.
Sobiq himoyachi 2009-2013 yillarda "shaharliklar" tarkibida harakat qilgan. 2024 yildan e'tiboran "Siti"ning U18 jamoasida yordamchi murabbiy bo'lib ishlayotgandi.
"Faoliyatimda Pep Gvardiola qo'l ostidagi o'yinlar yetishmayotgandi. Endi men uning yonida ishlayapman.
U shunchaki top-murabbiy emas, balki, fantastik inson. U sizga gapirayotganda doimo qo'llab-quvvatlaydi.
Gvardiola haqida soatlab gapirishim mumkin, chunki u juda zo'r inson. Umid qilamanki, Pep bilan ko'p ishlayman", - dedi Ture.



