Portugaliyaning JCH-2014 uchun yakuniy ro'yxati ma'lum, Kuarejma yo'q

Narzulla Saydullayev
20 may 2014, 09:00
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Paulu Bentu Braziliyadagi mundialga boradigan 23 nafar futbolchi nomini e'lon qildi.
Darvozabonlar: Betu (Sevilya), Eduardu (Braga), Ruy Patrisiu (Sporting).

Himoyachilar: Andre Almeyda (Benfika), Brunu Alvesh (Fenerbaxche), Fabiu Koentrau (Real), Joau Pereyra (Valensiya), Luish Netu (Zenit), Pepe (Real), Rikardu Koshta (Valensiya).

Yarim himoyachilar: Joau Moutinyu (Monako), Migel Velozu (Dinamo Kiev), Raul Meyrelesh (Fenerbaxche), Ruben Amorim (Benfika), Vilyam Karvalyu (Sporting), Rafa Silva (Braga).

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (Real), Eder (Braga), Elder Poshtiga (Lacio), Ugu Almeyda (Beshiktash), Nani (Manchester Yunayted), Silveshtre Varela (Portu), Vieyrinya (Volfsburg).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru