Pogba Chempionlar ligasi uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
12 mar 2018, 18:32
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "Sevilya"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi 1/8 final javob o'yinida maydonga tusha olmasligi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, jarohat tufayli "Liverpul"ga qarshi Angliya Premer-ligasining 30-tur o'yinini (2:1) o'tkazib yuborgan fransiyalik "Sevilya" bilan bahsda ham qatnasha olmasligi mumkin. Futbolchi jamoaning so'nggi mashg'ulotida ishtirok etmadi.

"Manchester Yunayted" va "Sevilya" o'rtasidagi bahs seshanba, 13 mart kuni "Old Trafford"da bo'lib o'tadi. Sevilyadagi ilk bahs gollarsiz yakunlangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph